"Qo'qon-1912"ning yangi futbolchilari qaysi raqamlarda maydonga tushishadi?

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018
"Qo'qon-1912" jamoasi transfer oynasi ochilganidan foydalanib, o'z safiga 5 nafar yangi futbolchini qo'shib olganidan xabaringiz bor.

Bu futbolchilar qanday raqamlarda maydonga tushishi ma'lum bo'ldi. Bugun "Markaziy" stadionida jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarga klub liboslari topshirildi. Darvozabon Sarvar Karimov 71-raqamda harakat qiladi. Karimov uchun buyurtma berilgan sport liboslari ertaga yetib keladi.

Shuningdek, qolgan futbolchilar ushbu raqamlarda ikkinchi davrani o'tkazishadi:

Jasur Hakimov   70-raqam
Sarvar Karimov  71-raqam
Iqbol Malikjonov 79-raqam
Firdavs Asadov 11-raqam
Behruz Sadulloev 78-raqam.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fckokand1912.uz