"Qo'qon-1912" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida "FarDU" bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025
Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik bosqichining dastlabki nazorat uchrashuvini 9 yanvar kuni o'tkazadi.

Ushbu bahs Pro ligada o'ynashi kutilayotgan Sergey Lebedev boshqaruvidagi "FarDU"ga qarshi bo'lib o'tadi. 

Mazkur qarama-qarshilik Uchko'prik tumanidagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Shu kuni har ikki jamoa safida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazilishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia