"Qo'qon-1912" stadionida muxlislarga musulmonchilik amallarini ado etish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinadi

Narzulla Saydullayev
20 may 2018
Mana hash-pash deguncha, Superliganing 1-davrasi yakunlanib, 2-davra o'yinlari ham boshlandi.

“Qo'qon-1912” 12-tur uchrashuvini, o'z maydonida  “Buxoro” jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

“Qo'qon-1912” –  “Buxoro” uchrashuvi  22 may, seshanba kuni, soat 18:49 da, Qo'qondagi “Markaziy” stadionida start oladi.

O'zbekiston proffessional futbol ligasi ramazon oyida futbol muxlislariga qulayliklar yaratish borasida  o'yinlar vaqtini, ro'zadorlarning og'iz ochish vaqtlariga moslab belgiladi. Yani futbol uchrashuvining taymlar oralig'idagi tanaffusi og'iz ochiladigan vaqtga to'g'ri keladi.

“Qo'qon-1912”  futbol klubi rahbariyati ham ramazon kunlari bo'ladigan o'yinlarda, muxlislarga iloji boricha yaxshi sharoitlar yaratish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirmoqdalar.  “Qo'qon-1912” –  “Buxoro” o'yiniga kelgan muxlislarga, uchrashuvning tanaffus paytida og'iz ochishlari va musulmonchilik amallarni bekamu-  ko'st ado etishlari uchun “Markaziy” stadionida barcha sharoitlarni muhayyo qilinadi.  Stadion hududida turli egulik va ichimliklar bilan savdo qiladigan, maxsus joylar ham ko'paytiriladi.


Siz aziz muxlislarni muborak ramazon kunlarida ham stadionga kelib jamoalarni qo'llab-quvvatlab turishga chaqiramiz. Biz sizlarni “Markaziy” stadioniga taklif qilamiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz