“Qo'qon-1912”: Pardaev, Merzlyakov va Xolmuhammedov bilan shartnoma imzolandi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017
Kelayotgan mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoamiz, o'z tarkibini tajribali futbolchilar bilan kengaytirmoqda.

Barcha muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar Bahodir Pardaev, Aleksandr Merzlyakov hamda Murod Holmuhammedovlar bugun jamoamiz bilan shartnomaga imzo chekishdi. Bu futbolchilar endi rasman jamoamiz a'zolariga aylanishdi. Har uchchala futbolchi bilan bir yillik shartnomalar imzolandi.

“Qo'qon-1912” jamoasining haqiqiy muxlislariga shuni aytmoqchimizki bu hali hammasi emas. Jamoa yana o'z tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Yaqin kunlarda safimizga yana yangi futbolchilar qo'shiladi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: http://kokand1912.uz/