“Qo'qon-1912” Oybek Nurboev va Izzat G'aniev bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
25 dek 2015
Ayni damda yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi kecha Oybek Nurboev va Izzat G'aniev bilan rasman shartnoma imzoladi.

Oldin xabar berib o'tganimizdek, Izzat G'aniev bu yilgi mavsumning birinchi qismini jamoamizda safida o'tkazgan bo'lsa, Oybek Nurboev ikkinchi davrada ijara asosida “Qo'qon-1912” safida to'p surgandi. Uning “Neftchi” bilan tuzilgan shartnomasi yakuniga etgach, “Qo'qon-1912”ning to'laqonli a'zosiga aylandi.

Oybek Nurboev muxlislarimiz uchun begona emas. Qoraqalpog'iston futbol tarbiyalanuvchisi bo'lgan 27 yoshli himoyachi faoliyatining katta qismini Farg'onaning “Neftchi” jamoasida o'tkazgan. 2010-2013 yillar davomida “Neftchi”safida o'ynadi.  2013 yilning yozida “Neftchi”ni tark etgan. 2013 yilgi mavsumning ikkinchi qismida “Dinamo” sharafini himoya qildi. 2014 yilni esa “Buxoro” klubida o'tkazdi. 2015 yil boshida esa yana “Neftchi”ga qaytdi. 2016 yilni esa “Qo'qon-1912” jamoasi a'zosi sifatida boshlaydi.

Muxlislarimiz uchun yana bir quvonchli xabar. Kecha shuningdek, “Qo'qon-1912”ning yetakchilari Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov va Bahodir Akramovlarning shartnomalari uzaytirildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz