

Tajribali hujumchi 30 yanvar kuni o'zining 31 yoshini qarshi oldi. Shu munosabat bilan Otaqo'zievni “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha ishchi xodimlar nomidan tabriklaymiz. Uzoq umr, sihat-salomatlik va yangi jamoasidagi faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.



