"Qo'qon-1912" muxlislarini TTYMI stadioniga taklif kilamiz

Tolibjon Qosimov
23 may 2015
Xabaringiz bor, ertaga sevimli jamoamiz poytaxtda mahalliy "Lokomotiv" jamoasiga qarshi navbatdagi tur o'yinida maydonga chiqadilar.
Ertaga, "Qo'qon-1912" muxlislar klubining yuzdan ziyod a'zolari jamoamizni qo'llash uchun Toshkent tomon yo'lga chiqadilar. Toshkent shahrida o'qiyotgan yoki xizmat safarida yurgan qo'konlik muxlislarimizni mazkur bahsga taklif etamiz.

"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi bahs ertaga, 24 may Toshkent temir yul muxandislari instituti arenasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia