Qo'qon-1912 matbuot xizmati chempionatning birinchi turida Buxoroga oson bo'lmasligini aytmoqda

Narzulla Saydullayev
4 fev 2018
Superliga-2018ga qur'a tashlash marosimida Qo'qon-1912 matbuot xizmati vakili ham bevosita ishtirok etdi. Marosim yakuniga etgach Akramjon Mamadalievning fikrlari bilan qiziqdik.

Qur'a tashlash marosimi juda yaxshi tashkillashtirildi. PFL bu borada ancha ilgariladi deb bemalol ayta olamiz. Marosimning to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilingani, boshlovchilikka taniqli sharhlovchi Davron Fayzievni taklif etilishi, xullas tashkiliy ishlarga 5 baho.

Qur'a bizning jamoamiz uchun qanday holatni taqdim qilgani haqida nima deyish mumkin. 1-turda Buxoroda jiddiy to'qnashuv bo'ladi. Bu o'yin bizdan ko'ra mezbonlarga qiyinroq bo'ladi deb o'ylayman, chunki ular o'z muxlislari qarshisida biroz bosim ostida qolishlari mumkin.  Umuman olganda bu mavsum hech qaysi jamoaga oson bo'lmaydi. Qaysidir jamoaning osongina g'alaba qozonishini taxmin qilib bo'lmaydi, - deydi Akramjon Mamadaliev. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia