"Qo'qon-1912": "Mashal"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Professional futboli ligasi, hakamlar departamenti bo'limi oliy liganing navbatdagi tur o'yinlariga hakamlar guruhini ma'lum qildi.

Unga ko'ra “Qo'qon-1912”ning safarda “Mashal”ga qarshi o'tkazadigan bahsini FIFA referisi Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'ldi. 

Oliy liga, 6-tur.

25.04.2015

Mashal (Muborak) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)

Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro). 

Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Aytish lozimki, jamoamiz "Olmaliq" bilan o'yindan so'ng bugun yana Qo'qonda yig'ildi va bo'lajak bahsga tayyorgarlikni boshladi. 


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


Manba: championat.asia