“Qo'qon-1912” klubi sobiq futbolchilarini sudga berdi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2021
Xabaringiz bor “Qo'qon-1912” futbol klubi, sobiq legioner futbolchilari, darvozabon Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolich bilan yuzaga kelgan muammo tufayli FIFA tomonidan taqiqqa uchragandi.

Jamoa FIFA talab qilgan 24 871 evro miqdoridagi mablag'ni ko'rsatilgan hisob-raqamga o'tkazib berdi va natijada FIFA jamoaga qo'yilgan taqiqni bekor qildi.

“Qo'qon-1912” jamoasi sobiq futbolchilari Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolichni jamoaga keltirgan moliyaviy zararlari va noqonuniy harakatlari uchun sudga berganligini ma'lum qiladi. Hozirgi kunda klub FIFAning nizolarni hal qilish palatasida bu ishni qaytadan ochdi. Turkiyaning NAZALI yuridik kompaniyasi va advokat janob Anil Dincher “Qo'qon-1912” futbol klubi nomidan yuqoridagi sud ishi bo'yicha vakil bo'lishadi.

Eslatib o'tamiz, darvozabon Boyan Knejevich hamda himoyachi Milosh Nikolich 2019 yilgi futbol mavsumida uch oy davomida "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilishgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz