"Qo'qon-1912" jamoasi tayyorgarlikni Toshkentga ko'chirdi. Tarkibda bir qator yangi futbolchilar bor

Khoja
14 yanv 2024
Bugundan "Qo'qon-1912" jamoasi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun navbatdagi yig'inga kirishdi.

Ushbu yig'in davomida qo'qonliklar safida bir qator futbolchilar kelib, qo'shilishi kutilmoqda. Bugun "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida Fayzullo Qambarov, Javohir Sohibov va qo'qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Andrey Sidirov ko'rinish bergan.

Yig'in davomida jamoa bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia