Qo'qon-1912 jamoasi legioner futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Khoja
16 dek 2024
Qo'qon-1912 jamoasi Egor Kondratiuk bilan kelishuvni ikki yilga uzaytirdi.

Legioner futbolchi endi qo'qonliklar safida 2026 yilning so'nggiga qadar qoladi.

Shu munosabati bilan klub matbuot xizmati Egor Kondatiuk bilan qisqa intervyu tashkil qildi.

Menimcha o'tgan mavsum yaxshi o'tdi. Yarim mavsum davomida jamoa atigi bittagina mag'lubiyatga uchradik. Kerakmas uchrashuvlarda durang o'ynab, ko'plab ochkolarni yo'qotdik, biroq vazifani bajardik.

Jamoaga ilk kunlardan kirishib ketdim. O'zimni qo'qonlik his qilishni boshladim.

Jamoa Superligaga yo'l olganidan so'ng jamoa rahbariyati bilan ko'rishdik va yangi kelishuvga erishdik. Ketishdan mano yo'q deb o'ylayman. Chunki bu yil jamoa Superligada o'ynaydi. Superliga bahslarida ham yaxshi o'yinlarni ko'rsatib, jamoaga foydam tegishini istayman, - deb fikr bildiri Kondratiuk.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia