"Qo'qon-1912" himoyachisi Ivan Yosovich nima uchun Serbiyaga jo'nab ketdi?

Iskandarov Abdulaziz
25 okt 2022
U ayni paytda jamoa bilan birga emas.

"Paxtakor" bilan uchrashuvning 16-daqiqasida jarohat olib o'rnini Avaz Mamatxo'jaevga bo'shatib bergan Ivan Yosovich bugun Serbiyaga jo'nab ketdi. Bu borada futbolchi bilan bog'langanimizda quyidagicha fikrlarni bildirdi. 



"Ha bu haqiqat. "Paxtakor"ga qarshi bahsda to'qnashuvda sonimda og'riq sezdim. Natijada o'yinni davom ettira olmadim. O'zbekistonda 3 yil ichidagi birinchi jarohatim hisoblanadi. Klub bilan kelishgan holda davolanishni Serbiyada davom ettiryapman. Taxminan 3 haftalardan so'ng tayyor bo'laman. Vaziyatdan kelib chiqib jamoaga yordam berishga harakat qilaman",- deydi Yosovich. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia