“Qo'qon-1912” “Facebook” va “Twitter”da rasmiy sahifasini ochdi

9 yanv 2015, 14:58
“Qo'qon-1912” futbol klubi ishqibozlar bilan yanada yaqin bo'lish, ularni klub faoliyatiga oid turli yangilik va voqealardan xabardor qilish maqsadida “Facebook” va “Twitter” ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifasini ochganini ma'lum qiladi.

"Facebook"da FC Quqon profiliga a'zo bo'lib, jamoa faoliyati, uchrashuvlaridan olingan turli fotosuratlar bilan tanishib borishingiz mumkin. "Twitter"dagi @fcquqon1912 sahifasi esa muxlislar jamoa yangiliklari bilan tanishib borish, shuningdek, turli masalalar yuzasidan o'z fikrlarini bildirish imkoniyatiga egalar. 

Sevimli jamoangiz to'g'risida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, mazkur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni ham kuzatib boring. Biz bilan birga bo'ling va "Qo'qon-1912"ni qo'llab-quvvatlang!


Manba: kokand1912.uz