"Qo'qon-1912": “Bunyodkor”ga qarshi o'yin TTYMI stadionida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2016
"Qo'qon-1912" oliy liga 23-turi doirasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Bu o'yin ertaga, 24 sentyabr kuni Toshkentdagi Temir yo'llar muhandisligi institutiga qarashli stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanishi belgilangan.

Bugun esa “Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” jamoalarining o'rinbosarlari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv soat 17:00 da , “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz