"Qo'qon-1912": Andijonga boruvchi muxlislar diqqatiga

Aslanov Jasurbek
12 avg 2016
Ertaga “Qo'qon-1912” jamoasi navbatdagi vodiy derbisi doirasida Andijonda mezbonlarga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu bahsda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari  jamoamiz uchun muhim ahamiyat  kasb etadi.

Andijonda vakillarimizni bevosita stadionning o'zida qo'llab-quvvatlashni  istovchi muxlislar uchun qulaylik yaratildi. “Qo'qon-1912” klubi rahbariyati va muxlislar klubi vakillari tashshabusi  bilan  “Barkamol avlod” o'yingohining 22 va 23 sektorlari qo'qonlik muxlislar uchun  ajratib berildi.  Bundan tashqari, ertaga jamoamiz muxlislari safarga borib kelishlari uchun avtobuslar tashkil etildi.

Ushbu avtobuslar ertaga soat 13:00da “Markaziy” o'yingohdan yo'lga chiqadi.

Andijonga boruvchi muxlislar o'zlarini qiziqtirayotgan savollari bo'yicha Ilhomjon Qunduzovga murojaat etishlari mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: +998905087799


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz