Qiziq. Nikaragua terma jamoasi sardori "The Best" uchun Messiga ovoz bermaganini aytdi. FIFA esa uni Messiga ovoz bergan deb qayd etgan

Alisher
26 sen 2019
"The Best" yakunlanganishi ortidan ko'pchilikni o'ylantiradigan xabar chiqdi.

Nikaragua terma jamoasi sardori Xuan Barrera FIFA talqiniga ko'ra "Yilning eng yaxshi futbolchisi" uchun nomzodlar uchun ovoz berishda Lionel Messiga ovoz bermaganini aytdi.

Qayd etish kerakki, ovoz berish natijalari e'lon qilingan hisobotda Barrera 1-o'ringa Messini, 2-o'ringa Maneni va 3-o'ringa Ronalduni qo'ygan.

"Men Messiga ovoz bermadim", - deydi Barrera.


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito