"Qizilqum"dan engilgan "Andijon"ni endi kim sinovdan o'tkazadi?

Iskandarov Abdulaziz
5 mar 2026
Kechadan Superliganing 2-tur uchrashuvlariga start berildi.

Mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshlagan "Andijon" bu turda Navoiyda "Qizilqum" bilan kuch sinashdi. O'yinda darvozalarga 3 ta gol urildi va unda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 

Endilikda "burgutlar" 3-turda Farg'onada "Neftchi" sinovidan o'tadi. O'yin 10 mart kuni "Istiqlol" stadionida bo'lishi rejalashtirilgan. "Qizilqum" esa shu kuni safarda "Mashal" mehmoni bo'ladi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia