"Qizilqum" jamoasi Turkiyada mashg'ulotlarni boshladi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2015
Shu kunlarda Antaliyaning Side shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borayotgan Orange palace mehmonxonasida istiqomat qilmoqda.
Kuniga ikki marotaba mashg'ulotlar uyushtirilmoqda.

Sidedagi Emerhon palase mehmonxonasiga qarashli sport majmuasida 19 fevral kuni ilk mashg'ulotlar o'tkazildi. Unda yigirma uch nafar futbolchi ishtirok etdi. Mashg'ulotlarni bosh murabbiy Yuriy Lukin va murabbiy Akmal Xoliqovlar olib borishmoqda.

Kunning birinchi yarmida asosiy e'tibor engil yugurish, chigalyozdi mashg'ulotlariga qaratildi. So'ngra jamoa a'zolari ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro to'p surdilar.

Antaliya o'quv-mashg'ulot yig'inida qatanashayotgan jamoa a'zolari bilan tanishing:

Darvozabonlar - Artyom Makosin, Erkin Jabborov.

Himoyachilar - Asqarjon Muhiddinov, Fayzullo Qambarov, Azizbek Usmonov, Boburjon Iskandarov, Akmal Rustamov, Mirjalol Qurbonov.

Yarim himoyachilar - Sarvarjon Xolmatov, Farruh Haydarov, Alisher Sanoev, Andrey Derkach, G'ayrat Jumaev, Jamshid Shohnazarov, Ruslan Sanaev.

Hujumchilar - Alisher Xoliqov, Vyacheslav Shevchenko, Alisher Azizov, Nodirjon Shaxobiddinov, Bobur Mamirov, Xurshid Yo'ldoshev, Bahriddin Vahobov, Feruz Boboqulov.

"Qizilqum"ning mohir yarim himoyachisi Sherali Jo'raev esa ma'lum sabablarga ko'ra, hozirda jamoa bilan birga emas. Bir necha kundan so'ng, Sheralining Antaliyaga yetib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, konchilar yig'in doirasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini 20 fevral kuni o'tkazadi. Rossiya premer ligasi vakili "Rostov" jamoasiga qarshi kechadigan mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 20.00 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz