Qizilqum yana bir mahoratli futbolchi bilan shartnomani ikki yilga uzaytirdi

Khoja
21 dek 2024
21 yoshli yarim himoyachi Shahzod Rahmatilloev Qizilqum bilan shartnomani uzaytirdi.

Kelishuv ikki yilga mo'ljallangan bo'lib. Yarim himoyachi endi Navoiy jamoasining sharafini 2026 yilning oxiriga qadar himoya qiladi.

Shahzod o'tgan mavsumda Superliga va O'zbekiston kubogida jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir marotaba ishg'ol qilgan bo'lsa yana 3 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia