"Qizilqum" "So'g'diyona" bilan etti o'yinlik qora ananaga chek qo'yadimi?

Aslanov Jasurbek
25 avg 2021
Hamidjon Aktamov murabbiyligidagi "Qizilqum" jamoasi bugun Superliganing 16-turida Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.

Ushbu jamoalar shu kungacha 37 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Ularning 16tasida navoiyliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8ta bahsda "So'g'diyona" g'alabani tantana qilgan. Tomonlar 13 ta bahsda durangga imzo chekishgan. "Qizilqum" raqib darvozasini 49 bor ishg'ol qilgan, o'z darvozasidan esa 35ta to'p  olib chiqqan. 


Aytish joizki, "Qizilqum" 7ta o'yindan buyon "So'g'diyona"ni mag'lub etishni uddasidan chiqa olayotgani yo'q. Quyida so'nggi 7 bahs natijalari keltirilgan. 

13.09.2018. 23-tur. "So'g'diyona" - "Qizilqum" 2:2

31.10.2018. 28-tur. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 2:2

15.06.2019. 11-tur. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 1:1

11.08.2019. 16-tur.  "So'g'diyona" - "Qizilqum" 1:0

25.08.2020. 12-tur. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 1:1

29.11.2020. 25-tur. "So'g'diyona" - "Qizilqum" 1:1


Nima deb o'ylaysiz bugun Hamidjon Aktamov shogirdlari Jizzaxdan g'alaba bilan qayta olishadimi?



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia