"Qizilqum" rossiyalik legioneri bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023, 16:32
Yozning qaynoq jaziramasida klublarimizda transferga oid yangiliklar davom etadi.

Bu yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgan "Qizilqum" safini rossiyalik himoyachi Oleg Tolmasov tark etdi. Futbolchi 2023 yil Superligada 9ta uchrashuvda maydonga tushgandi. 

Oleg Tolmasov navoiyliklar tarkibiga 2020 yilda kelib qo'shilgandi. Shu vaqtgacha u jamoa bilan Superligada 63ta o'yinda ishtirok etdi va 2ta gol urdi. O'zbekiston kubogida 4ta o'yinda, 1ta to'p kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia