"Qizilqum" o'z safini "Nasaf" va AGMK vakillari bilan kuchaytirdi

O'zbekiston superligasi klublari uchun transfer oynasi rasman yopildi.

Transfer oynasi yopilishining so'nggi soatlarida Navoiyning "Qizilqum" klubi o'z tarkibiga 2 nafar futbolchini qo'shib oldi. "Nasaf" vakili Ilhom Alijonov va AGMK futbolchisi Nizomiddin Ziyovutdinov endi navoiyliklar uchun to'p tepishadi.

Ma'lumot uchun, har ikkala futbolchi 1998 yilda tavallud topgan. Ular yanvar oyida Tailandda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilishgandi.

Yana shuni takidlash lozimki, o'tgan mavsumni Namanganning "Navbahor" klubi safida ijara asosida o'tkazgan Ilhom Alijonov 31 yanvar kuni "Nasaf" tarkibiga borib qo'shilgan edi.


Manba: championat.asia