Qizilqum - Oqtepa uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
9 fev 2014
Ayni paytda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan Qizilqum jamoasi 9 fevral kuni nazorat uchrashuvida maydonga tushishi lozim edi.
Oqtepa futbolchilari bilan o'tishi rejalashtirilgan o'yin soat 11.00 da boshlanishi belgilangandi.
 
 Ammo futbol maydoni qalin qor bilan qoplanganligi tufayli Qizilqum - Oqtepa uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi.
 
Eslatib o'tamiz, navoiyliklar navbatdagi nazorat uchrashuvini 10 fevral kuni o'tkazadi. Soat 10.00 da boshlanishi kutilayotgan bu galgi bahsda Qizilqum futbolchilari Navbahor jamoasi bilan kuch sinashadi. O'yin poytaxtimizdagi Obod stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz