"Qizilqum" futbolchilari normativ test topshirishdi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2020
Navoiyning "Qizilqum" futbol klubi O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlaridan o'tishdi.

Superliganing yangi mavsumiga hozirlik ko'rayotgan "qoplonlar" bugun “Chig'atoy” sport bazasida test-sinovlarini topshirishdi.

Testni O'FAning Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimlari Sobirjon Pirnazarov hamda Oybek Ikromov qabul qilishdi. Futbolchilar 30 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, 7x50  metrga yugurish, Yo-Yo test sinovlari bo'yicha normativlar topshirishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Қизилқум” матбуот хизмати