"Qizilqum" bilan yangi marralarni zabt etmoqchi bo'lgan Hasan Ro'ziev 3 oydan so'ng klubni tark etdi. Aktamov esa klubda qoldi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2020
"Qizilqum" klubi prezidenti, sobiq hakam Hasan Ro'ziev klubdan ketdi.

6 mart kuni Hasan Ro'ziev Navoiyning “Qizilqum” klubi prezidenti etib tayinlangan edi.

“Navoiylik muxlislar futbolni sevishadi va qadrlashadi. “Qizilqum” bilan yangi marralarni zabt etamiz. Klub o'ziga xos tarixga ega. Butun jamoa bir yoqadan bosh chiqarib, maqsadlarni birlashtirgan holda, bir tan-u bir jon bo'lib, jamoamizni, viloyat futbolini olg'a etaklashimiz lozim, zero hamjihatlikda bu natijaga erisha olamiz” – degan edi Hasan Ro'ziev 6 mart kuni.

Shu yilning 5 yanvar kuni Ro'ziev "Surxon" klubi direktori etib tayinlangan edi. Ushbu lavozimda ikki oy ishlab "Qizilqum"ga ko'chib o'tgandi.

Bir necha yillardan buyon "Qizilqum"da ishlab kelayotgan va klubni tark etishi haqida xabarlar chiqqan Hamidjon Aktamov esa klubda qoldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia