

Qizilkumning nikaragualik legioneri 20 yoshli Medina Smit hamda Navbahor a'zosi Oston O'runov faoliyatini Toshkentning Lokomotiv klubida davom ettirishga yaqin turibdi, deya xabar qiladi saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov telegram'dagi rasmiy kanali orqali.
Manbaga ko'ra, Medina Smit hozirda o'z mamlakatining olimpiya termasi tarkibiga borib qo'shilgan va jamoa bilan xorijda yig'in o'tkazmoqda. O'runov esa namanganliklarning so'nggi uchrashuvlarida qatnashmadi hamda u ayni vaqtda Toshkentda ekanligi ma'lum qilingan.
Qayd etish joizki, temiryo'lchilarning asosiy tarkib o'yinchilari bugun, yani, 8 iyul kuni tatildan qaytib, mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlashadi. Oston O'runov esa katta ehtimol bilan Lokoning ana shu yig'inlariga borib qo'shiladi.
Avvalroq, 19 yoshli yarim himoyachiga Lokomotiv qiziqayotgani haqida saytimiz orqali xabar bergandik.



