Qizil kartochka olganidan keyin futbolchi hakam yordamchisini tepib tashladi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 15:23
Malta 2-divizioni doirasida "Oratori Yus" va "Sannat Layons" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv yakunlanmay qoldi.

Bunga sabab sifatida "Sannat" futbolchisi Antuan Kamilleri bosh hakam yordamchisiga hujum qilgani aytilmoqda.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Kamilleri ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi. Futbolchi bundan norozi bo'ldi va maydon tashqarisiga chiqib ketayotganda yordamchi hakamni bir necha bora tepib tashladi.

Malta futbol assotsiatsiyasi ayni damda "Sannat Layons" futbolchisining ishlarini o'rganib chiqmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express