Qishda “Yuventus”ni 2 futbolchi tark etadi

Eldor Akmurzayev
18 noya 2020
Bu haqda Corriere della Sera xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko'ra, Federiko Bernardeski yanvarda jamoasini o'zgartirishga tayyor. Vinger joriy mavsum maydonda atigi 114 daqiqa o'tkazdi.

Shuningdek, Sami Xedira ham qishda turinliklarni tark etmoqchi. Germaniyalik xavbek faoliyatini Yevropaning boshqa klubida davom ettirmoqchi. Unga MLS klublaridan ham takliflar bor. 

Avvalroq, 33 yoshli futbolchi “Yuve”ning A Seriya va YCHL uchun e'lon qilgan qaydnomasidan o'rin olmagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere della Sera