

Unda mezbonlar ishonchli hisobda g'alabaga erishdi. Bahsda Sami al-Naji 11-soniyadayoq hisobni ochgandi. Keyinchalik "Al Nasr" yana ikkita gol urdi. 69-daqiqada Abdulfattox Adam bir gol bilan javob qaytardi, 3:1.
"Al Nasr" – "Abxa" – 3:1
Gollar: Sami al-Naji (1, 1:0), Abdulloh al-Haybari (21, 2:0), Muhammad Maran (49, 3:0), Abdulfattoh Adam (69, 3:1).
Uchrashuvda hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov 75-daqiqada Abdulrahmon G'arib o'rniga maydonga tushdi. Krishtianu Ronaldu esa 87-daqiqada Anderson Taliskaga o'rnini bo'shatib berdi.



