

Axmetov Bishkekda tug'ilgan va hozirgacha hech qaysi mamlakatning kattalar terma jamoasida o'ynamagan. 18 yoshli yarim himoyachi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan yig'ilgan Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
"Axmetov bizni qiziqtirmoqda. Ammo ayni damda u Rossiya o'smirlar terma jamoasida o'ynamoqda. U Qirg'iziston terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniga egaligini bilamiz. Hammasi Ilzatning tanloviga bog'liq" - deydi Krestinin.



