Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi O'zbekistonga qachon kelishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
13 mar 2025
Terma jamoa 20 mart kuni JCH-2026 3-saralash bosqichining 7-turi doirasida O'zbekiston bilan to'qnash keladi. 25 mart kuni esa o'z maydonida Qatarni qabul qiladi.

Qirg'iz futbol ittifoqining xabar qilishicha, ushbu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Maksim Lisicin shogirdlari 12 martdan boshlab Bishkekdagi "Muras Yunayted" qarorgohida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagan.

Championat.asia saytiga ko'ra, Qirg'iz Respublikasi termasi tayyorgarlik yakunlangach, 18 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan o'yinda ishtirok etish uchun Toshkentga yo'l oladi.

Avvalroq Qirg'iz Respublikasining kengaytirilgan tarkibi ma'lum qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi bahsi 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 21:00 ga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia