Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston uchrashuviga mezbonlik qilayotgan Bishkek shahrida tartibni 3 ming policiyachi nazorat qilmoqda

Sherzod Nurmatov
10 sen 2024
Bishkekda Qirg'iz Respublikasi va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi futbol o'yini vaqtida jamoat tartibini saqlash uchun 3 ming nafar policiyachi xizmat olib boryapti.

Bu haqda kabar.kg xabar berdi.

Uchrashuv bugun mamlakat poyxtaxtining yangilangan bosh arenasi – Dolen Omurzakov nomidagi stadionda 19:00 da boshlanadi.

Futbol o'yiniga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish jarayonida jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taminlash maqsadida 3 ming nafar ichki ishlar xodimi jalb etilgan.

Policiya muxlislardan tribunalarga kirishda xavfsizlik tekshiruvidan o'tishini hisobga olishni, ko'rilayotgan xavfsizlik choralarini to'g'ri tushunib, tiqilinch kuzatilmasligi uchun stadionga ikki soat oldin kelish lozimligini ma'lum qilgan. Shuningdek, stadionga shisha va plastmassa idishlar, pirotexnika mahsulotlarini olib kirish taqiqlanishi takidlangan.

Championat.asia ma'lumotlarga qaraganda, bugungi uchrashuvni Qirg'iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bevosita stadionda kuzatib boradi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kabar.kg