QPL. "Ordabasi" mehmonda "Qaysar"ga mag'lub bo'ldi, Yaxshiboev va Umarov esa...

Aslanov Jasurbek
31 avg 2024
Qozog'iston Premer-ligasi 19-tur doirasidagi "Qaysar" - "Ordabasi" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar tarkibida Jasur Yaxshiboev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 81-daqiqada almashtirildi, xavbek shuningdek 45+2 daqiqada hakam tomonidan ogohlantildi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan yana bir o'zbekistonlik o'yinchi Shahboz Umarov esa 72-daqiqadagacha to'p tepdi.


"Qaysar" - "Ordabasi" 2:1

Gollar: Plastun 16 (0:1), Narzildaev 65 (1:1), Prindeta 70 (2:1). 

"Qaysar": Sikach, Kenesbek, Prindeta, Payovich, Kalmuratov, Miloyko, Borodin, Narzildaev, Sovpel, Jalmukan, Jaksilikov;

"Ordabasi": Shayzada, Suyumbaev, Erlanov, Plastun, Astanov, Abiken, Tagybergen, Islamxan, Sadovskiy, Yaxshiboev, Umarov.\



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia