"Qayrat" so'nggi turda "Astana" bilan durang o'ynab, 5-marta Qozog'iston chempioni bo'ldi

Alisher Ostonov
26 okt 2025
"Qayrat" 5-bor Qozog'iston chempioniga aylandi.

Bugun Olmaota klubi Qozog'iston Premer-ligasi-2025 mavsumining so'nggi, 26-turida "Astana" (1:1) bilan durang o'ynadi va 59 ochko jamg'arib, jadvalda yakuniy 1-o'rinni egalladi. "Astana" 2 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinni band etdi.

"Qayrat" ketma-ket 2-mavsumda Qozog'iston chempioni bo'ldi. Klub jami 5 marta chempionlikni qo'lga kiritgan.


26 okt 2025, 15:00
Kairat — Astana
1 – 1
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: t.me/fc_kairat