"Qayrat" "Real"ga qarshi o'yin chiptalari qachondan sotuvga chiqishini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2025, 19:06
30 sentyabr kuni Olmaota shahrining "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi o'yiniga chiptalar narxi ma'lum bo'ldi.

"Qayrat" 23 sentyabr kuni soat 17:00 da boshlanadigan "Real"ga qarshi o'yin uchun chiptalar sotuvi boshlanganini e'lon qildi.

Chiptalar narxi 30 000 (taxminan 700 ming so'm)dan 250 000 tengegacha (taxminan 5 mln 750 ming so'm – tahr.) bo'ladi.

Shu bilan birga, cheklov mavjud: bir kishi, pasport ma'lumotlarini ko'rsatgan holda, ikkitadan ko'p bo'lmagan chipta sotib olishi mumkin. Ushbu qaror ommaviy xaridlarning oldini olishga va olib sotarlar faoliyatini bartaraf etishga qaratilgan.

Katta futbolga yo'l ochuvchi musobaqa - UEFA Yoshlar Ligasi: "Qayrat" ilk bor YCHLda qatnashadi 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sportarena.kz