Qatardagi xodimimizdan eksklyuziv: Ronaldu o'yindan keyin g'alabani jamoadoshlari bilan nishonlamadi va kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi

Eldor Akmurzayev
7 dek 2022
Bu haqda, Qatarda faoliyat olib borayotgan fotomuxbirimiz Tolibjon Qosimov xabar bermoqda.

JCH-2022 1/8 finalida Portugaliya TJ 6:1 hisobida Shveytsariyani tor-mor etdi. Krishtianu Ronaldu uchrashuvni zaxiradan boshladi va 2-taym o'rtalarida Joau Feliks o'rniga maydonga tushdi.

Final xushtagi chalinganidan keyin 37 yoshli forvard termadagi sheriklari va raqiblar bilan qo'l berishdi. Keyin esa u muxlislar sektori tomonga borib, ularga minnatdorchilik bildirdi va to'g'ri echinish xonasiga yo'l oldi. Aniqrog'i, Krishtianu g'alabani umumiy jamoa a'zolari bilan maydonda nishonlamadi, portugaliyaliklar maydonda xursandchilik qilayotgan vaqtda u kiyim almashtirish xonasida edi.

Eslatib o'tamiz, Ronalduning o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushgan Gonsalu Ramush xet-trikka erishdi. Krishtianu esa 74-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilib, 84-daqiqada gol urdi, ammo ofsayd tufayli uning goli bekor qilindi.

Qatardan maxsus: Tolibjon Qosimov


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia