Qatardagi JCHda Osiyodan 6 terma qatnashadi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2022
Hozirgina Avstraliya termasi JCH saralashi qitalararo uchrashuvida Peru termasini mag'lub etdi.

Shu orqali Qatardagi JCHda qatnashadigan Osiyo qitasi termalari soni 6taga etdi.

Qatar, Eron, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Avstraliya termalari shu yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etishadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia