Qatarda Xaviga yiliga 8,3 million evrolik maosh taklif qilishmoqda

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2014
Agent Bayram Tutumluning so'zlariga ko'ra , “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisiga qatar klublardan takliflar tushmoqda.
“Menga Xavida uch yillik shartnoma uchun taklif bor deyishdi. Har bir mavsum uchun 8,3 million evro. Menga hatto shartnomaga qo'l ham qo'yilgan deb aytishdi, ammo men shartnomani ko'rganim yo'q”, - deydi Tutumlu “Marca”ga.

Xavi butun faoliyatini  “Barcelona”da o'tkazgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com