Qatarda JCH-2022 uchun muhtasham "Al Tumama" stadioni ochildi

Mirjalol Normatov
22 okt 2021, 22:18
"Al Tumama" stadioni o'yinlarni qabul qilish uchun tayyor.

Bu JCH-2022 uchun qurib bitkazilgan oltinchi arena hisoblanadi. Stadiondagi dastlabki uchrashuvda Amir Kubogi finali doirasida Xavi boshqaruvidagi "Al-Sadd" va Loran Blan ustozligidagi "Al Rayyan" jamoalari o'zaro bahs olib bordi.

"Al Tumama" stadioni 40 ming muxlisni o'z bahriga sig'diradi. Ushbu stadionda JCH-2022 guruh bosqichi va pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia