Qatar Yulduzlar Ligasi. Rashidovning goli ham jamoasining omadsiz seriyasini to'xtata olmadi

Eldor Akmurzayev
15 sen 2019
Qatar chempionatining 3-turida Qatar SK o'z maydonida Al Garafani qabul qilib, 1:3 natijasi bilan imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar hujumchisi Sardor Rashidov ochganiga qaramay, raqiblar Otman al Yahri hamda Ahmed Aloeldinning dubli bilan ustunlikni o'z tomonlariga og'dirishdi. Shu tariqa, Qatar SK navbatdagi turda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jamoa musobaqa jadvalining autsayderlar qatorida turibdi. 

Ma'lumot o'rnida, Rashidov bahsni to'liq o'tkazdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia