Qatar Yulduzlar ligasi. Bugun Sardor Rashidov jamoasi chempionat autsayderi bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2020
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 20-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Qatar SK" jamoasi navbatdagi tur doirasida "Al Shaxaniya" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv "Jassim Bin Hamad" stadionida Toshkent vaqti bilan 20:45da start oladi. 

Eslatib o'tamiz "Qatar SK" 19-turdan so'ng 18 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog'onasini egallab turibdi. O'tgan turda ushbu jamoa "Umm Salal" bilan bellashib 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi. "Al Shaxaniya" esa jadvalning oxirgi o'rinida ketmoqda. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia