Qatar yulduzlar ligasi, 26-tur. Xavi "Al Jayish" darvozasiga gol urdi, Tursunov jamoasi esa safarda g'alaba qozondi

Qatar chempionatining 26-tur o'yinida hamyurtlarimiz to'p tepadigan "Um Salal" va "Al Jayish" jamoalari o'zlarining navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishdi.


Qatar yulduzlar ligasi, 26-tur.

"Al Sadd" - "Al Jayish" 2:2

Gollar
: Hamdallah (13), Xavi (56), Boneja (57), Lukas Mendesh (78).

Ushbu o'yinda Sardor Rashidov uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshladi va 72-daqiqa o'z o'rnini jamoadoshi Essaga bo'shatib berdi.


"Al Xaritiya" - "Um Salal" 2:3

Gollar
: Velinton (14), El Hamdoui (14), Mahmud (61), Kebe (67-penaltidan, 89-penaltidan)

"Um Salal" tarkibida to'p suradigan hamyurtimiz Sanjar Tursunov ham bahsni asosiy tarkibda boshladi va 87-daqiqa harakat qildi. Ushbu bellashuvda Sanjar Tursunov hakam tomonidan ogohlantirishga ham loyiq ko'rildi.


Manba: championat.asia