"Qatar SK"da yana mag'lubiyat, Sardor Rashidov to'liq o'ynadi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2019
Kecha Qatar Yulduzlar ligasida 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ilk turda "Al Duhail"ga yutqazgan "Qatar SK" 2-turni safarda "Al Vakra"ga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Shu tariqa "Qatar SK" mavsumni ikkita mag'lubiyat bilan boshladi. O'zbekistonlik Sardor Rashidov bahsda to'liq harakat qildi. "Qatar SK" navbatdagi uchrashuvni 14 sentyabr kuni o'z maydonida "Al Garafa"ni qabul qiladi.



Qatar Yulduzlar ligasi. 2-tur
"Al Vakra" - "Qatar SK" 2:0
Gollar:
Alexandro Galvez 39 avtogol, Ismoil Mahmud 69. 


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia