Qatar kubogi yarim finalida Rashidov va Xavi to'qnashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016
24 va 25 aprel kunlari Qatar kubogi yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi.

Qatar kubogida Yulduzlar ligasida dastlabki to'rt o'rinni egallagan klublar to'qnash kelishadi.

Mamlakat chempioni "Al Rayyan" klubi qur'aga ko'ra yarim finalda to'rtinchi o'rinni egallagan "Lahviya"ga qarshi o'ynaydi. Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" esa bronza medalga ega chiqqan Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" klubi bilan kuch sinashadi.

Yarim final g'oliblari 29 aprel kuni finalda to'qnash kelishadi.

Qatar kubogi. Yarim final
24 aprel - "Al Rayyan" - "Lahviya"
25 aprel - "Al Jayish" - "Al Sadd"

Final
29 aprel



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia