Qatar kubogi. Finalda Rashidov gol urdi, ammo jamoasi mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
29 apr 2017
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi to'p surayotgan “Al-Jaish” klubi Qatar Kubogi finalida afsonaviy Xavi to'p tepayotgan “Al-Sadd”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda 2:1 hisobida “Al-Sadd” g'alabaga erishdi. O'yinning 21-daqiqasida Bag'dod Budenja hisobni ochdi, 38-daqiqada o'zbekistonlik Sardor Rashidov gol urib muvozanatni tikladi.

73-daqiqada Hamrunning urgan goli “Al-Sadd”ga Qatar Kubogini keltirdi.

Qatar Kubogi–2017. Final

“Al-Sadd” – “Al-Jaish” 2:1
Gollar:
Bag'dod Budenja (21), Jugurta Hamrun (73) – Sardor Rashidov (38)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia