Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovni tabrikladi

Tolibjon Qosimov
27 fev 2018, 19:20
24 fevral kuni Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston futbol Assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylangan edi.

Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy Umid Ahmadjonovni CAFA prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, maktub yubordi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tabriknomada, jumladan, shunday deyiladi: “Qadrli do'stim! Sizni CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston futbol Assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizga O'zbekistonda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish yo'lida olib borayotgan ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman! Ishonchim komilki , Sizning boshqaruvingizda CAFA tashkiloti yanada rivojlanadi hamda yangi bosqichga ko'tariladi. Bu borada Sizga omad yor bo'lsin!”

Eslatib o'tamiz, Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy Umid Ahmadjonov bilan o'tgan yilning 17 oktyabr kuni Qatarda uchrashib, ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari o'rtasida o'zaro memorandum imzolangandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com