Qashqadaryoda bankchilar o'rtasidagi musobaqa start oldi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2017
Xabaringiz bor, Qashqadare viloyat futbol federatsiyasi tomonidan viloyat bank xodimlari o'rtasida viloyat birinchiligiga start berilgan edi.

Kecha "B" guruhida  joy olgan jamoalar  dastlabki tur o'yinlariga kirishdi. Qarshi shahridagi suniy qoplamali maydonlarda bo'lib o'tgan qizg'in va murosasiz kechgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.

Guruhdagi uch jamoa o'rtasidagi uchrashuvlar boshqa kunga qoldirildi. "A" guruhidagi jamoalar o'rtasidagi  tur uchrashuvlari esa ma'lum sabablarga ko'ra 24 mart sanasiga ko'chirildi.

"B" guruh
Xalq bank - Aloqa bank 6:4
Markaziy bank - Infin bank 5:1
Ipoteka bank - Asia allians bank 3:0

Fahriddin Choriev.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia