Qashqadaryo viloyati hokimi kubogida finalchilar aniqlandi

Оқил Абдубарноев
23 fev 2022
"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi-2022" turnirining yarim final bahslari bo'lib o'tmoqda.

Bugun musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Dastlabki o'yinda "Mikrokreditbank" "Dinamo U-21" jamoasini yirik - 3:0 hisobida taslim etgan bo'lsa, ikkinchi bahsda "Lochin" "Sho'rtan"ni 3:1 hisobida engdi. Musobaqa Qashqadaryo davlat universiteti maydonida o'tkazilmoqda. 

Hal qiluvchi uchrashuv ertaga, 24 fevral kuni soat 15:00 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia