Qashqadaryo VFF delegaciyasi ham finalga tashrif buyuradi

15 okt 2015, 00:55
Qashqadaryo viloyati futbol federatsiyasi rahbariyati ham 17 oktyabr kuni Jizzax shahriga tashrif buyurishib, “Bunyodkor” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi final uchrashuvida “Nasaf” jamoasiga muxlislik qilishadi.


QVFF delegaciyasiga birinchi vice prezident Norqul Daminov rahbarlik qiladi. Ular shu kuni “Nasaf” jamoasiga muxlislik qilishadi va boshqa vohalik futbol muxlislari qatori “ajdarlar”ga dalda bo'lishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Norqul Daminov muqaddam “Nasaf” futbol klubining rahbarlik lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Suratda: Qashqadaryo VFF 1-vice prezidenti Norqul Daminov (chapdan birinchi), “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi  Ro'ziqul Berdiev (o'rtada), “Nasaf” PFK bosh menedjeri Shamil Yarulin (o'ngdan birinchi).

Faxriddin Choriev


Manba: voha.uz